Administrator

Administrator

Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Raximova Nilufar  DAAD (German Academic exchange Servis) loyihasining "Sharqiy hamkorlik" dasturi doirasida doktoranturada grant asosida 2 oylik Germaniyaning Konstanz HTWGda turizm sohasida ilmiy tadqiqot yuritish imkonini qo‘lga kiritdi. Raximova Nilufarning O‘zbekistonda  turizm sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadqiqotlari  doirasida rivojlangan mamlakat Germaniya tajribasini o‘rganib kelishi kelajakda  yurtimizda ushbu sohaning  taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz! Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

Amerika ta'lim kengashi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorligida FEP (Oliy ta'lim o'qituvchilarini takomillashtirish dasturi) uchun grant joriy qilgan edi. O'zbekistondan 40 nafar talabgor-g'oliblarning ichida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm menejmenti kafedrasi o'qituvchisiI S.Jumanazarov ham bor. Ushbu stajirovka o'qituvchimizgaAQSHda 4 oy davomida turizm sohasi o'quv reja va dasturlarini takomillashtirish, ta'lim sifatini ko'tarish uchun xalqaro tajribani egallash imkonini beradi. SANJAR JUMANAZAROVNI DEKABR OYI DAVOMIDAGI 4 -YUTUQ BILAN TABRIKLAYMIZ!

“El-yurt umidi” jamg'armasining 226 o'ringa mo'ljallangan 2022-yildagi 3-stipendiya tanlovida "Ipak yo'li" tuizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Turizm menejmenti" kafedrasi o'qituvchisi Sanjar Jumanazarov jamg'arma stipendiyasi sohibi bo'ldi! Ushbu grant S.Jumanazarovga Buyuk Britanitada 3 yil davomida Turizm sohasi bo'ycha doktoranturani (PhD)yakunlab kelish imkoniyatini beradi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan Xitoyning Northwest universiteti bilan hamkorlikda universitetimiz mustaqil tadqiqotchilari, magistratura boshqichida o‘qiyotgan va Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun Northwest universiteti tomonidan taklif etilayotgan grant loyihalari, yaratilayotgan imkoniyatlar va talabgorlar uchun qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Webinarda Northwest universiteti Xalqaro ta’lim maktabi qabul komissiyasi direktori Zhe Ji.universitet “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti turizm menejmenti departamenti direktori Ling Xue Cheng, universitet tashqi aloqalar bo‘limi direktor o‘rinbosari Kang Rong va universitetning Madaniy meros maktabi o‘qituvchisi Zhou Jianhong tomonidan tadqiqotchilarga va talabalarga ma’lumotlar berib o‘tildi. Webinarning ochilishida universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tony Qian Zou o‘zining maruzasi bilan ishtirok etdi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumot olishga taklif qiladi:

BAKALAVR yoʻnalishlari / kunduzgi ta’lim shakli (ta’lim ingliz tilida):

  • Menejment (tarmoqlar va sohalar boʼyicha);
  • Mehmonxona xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish;
  • Muzeyshunoslik (turlari boʼyicha);
  • Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili);
  • Аrxeologiya;
  • Madaniy meros obʼektlarini asrash;
  • Logistika (turizm yoʼnalishi boʼyicha);
  • Turizm (faoliyat yoʼnalishlari boʼyicha);

MAGISTRATURA mutaxassisliklari / kunduzgi ta’lim shakli (ta’lim ingliz tilida):

  • Logistika (turizm yoʼnalishi boʼyicha);
  • Turizm (faoliyat turlari boʼyicha);
  • Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obʼektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash;
  • Menejment (Madaniy meros sohasi boʼyicha);
  • Ijodiy sanoat;
  • Аrxeologiya

Abituriyentlarni roʻyxatga olish universitetning rasmiy veb-saytidagi admissions.univ-silkroad.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

Abituriyentlarni roʻyxatga olishning oxirgi kuni 2023-yil 20-fevral.

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining elektron pochta manziliga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga oʻqishga kirib, Siz talabalikning eng yorqin davrini boshdan kechirasiz:

  • Noyob intellektual kutubxona;
  • Malakali xalqaro professor-oʻqituvchilar;
  • Talabalar almashinuvi dasturlari;
  • Universitet mehmonxonasida amaliyot o‘tash;
  • Xalqaro konferensiyalar;
  • Stipendiyalar / grantlar;
  • Qishki va yozgi maktab;
  • Talabalar parlamenti;
  • Startap-loyihalar;
  • Universitet choʻmilish havzasi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!!!

Festivalda universitet talabalari guruhlari tomonidan turli millat madaniyati va san’ati aks etgan sahna ko‘rinishlari, taqdimotlari namoyish etildi. Namoyish etilgan har bir sahna ko‘rinishi tomoshabinlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Talabalar o‘z mahoratini nafaqat ilm-fanda, balki san’at, madaniyat sohalarida ham namoyon etdi.

Bugungi ma’naviy uyg‘onishimizning manbai bo‘lib xizmat qilayotgan o‘zbekona bag‘rikenglik, xalqimizga xos etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshlilikning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Umuman olganda, turli millatlardan tashkil topgan xalqimiz tarixning eng murakkab, og‘ir damlarini yengib o‘tar ekan, o‘zaro hamjihatlik aloqalari mustaqkamlanib borgan. Og‘ir damlarda bir-biriga yordam bergan xalqlar, bir-birlarining e’tiqodlariga ham hurmat bilan yondashganlar. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma’naviy Uyg‘onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi… Ayni shu zaminda ko‘p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan».

Bunday tadbirlar yoshlarning badiiy-ijodiy mahoratini namoyon etishga ko‘maklashishi bilan birga, ularda kelajagi buyuk davlat vorislariga xos istiqbolga ishonch, ilm-ma’rifat cho‘qqilariga intilish, shijoat singari fazilatlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Talabalar festivali bu chinakam talabalar bayrami desak bo‘ladi. Ikki kun  davomida turli xil san’at va madaniyat sohasidagi bellashuvlar talabalarga katta zavq bag‘ishlaydi. Festival har yili 1 marotaba tashkil etilib,  umumiy hisobda ikkinchi marta o‘tkazilib kelinmoqda. Festival qamrovi yildan-yilga tobora ortib, ishtirokchilar soni esa yanada ko‘payib bormoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mahalliy va xorijiy  magistrlari tomonidan  2022 yil 20 dekabr kuni "Xo‘ja Nasriddin" spektakli namoyish etildi.

 Xo‘sh, Xo‘ja Nasriddin Afandi o‘zi kim? Nima uchun bu insonni latifa-yu, askiyalar, kulgi-yu mutoyibalar bilan birga tilga olishadi.

Xo‘ja Nasriddin — O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq milliy folklorining milliy qahramoni. U Xo‘ja Nasriddin haqidagi mashhur hazil va hikoyalarda asrlar davomida saqlanib kelingan xayoliy hayot tarzi bilan ajralib turadi. Ayyor chol o‘zining sodiq sherigi bo‘lgan eshak bilan shaharlarni kezib, turli xil vaziyatlarga tushadi.

Aql, donolik, notiqlik, so‘z mahorati – bular Xo‘ja Nasriddinning asosiy xususiyatlaridir. U o‘zining hikoyalarida ochko‘z hukmdorlarni, ikkiyuzlamachilarni, qo‘rqoqlarni, poraxo‘rlarni va boshqa odamlarning yomonliklarini masxara qiladi. Har qanday vaziyatdan nostandart yo‘lni topib, barmog‘ining atrofida ahmoqlarni mohirona kuzatib, u hamma joyda o‘z sarguzashtlari haqida kulgili tarzda gapirib, vaqt o‘tishi bilan keng shuhrat qozonadi.

Shunday qilib, adabiy qahramon Xo‘ja Nasriddin O‘rta Osiyoning ko‘p millatli xalqi orasida milliy qahramonga aylanadi, buni Buxoro, Turkiya va Moskvada qurilgan zamonaviy yodgorliklar tasdiqlaydi.

Namoyish etilgan spektakl  tomoshabinlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Magistrantlarimiz o‘z mahoratini nafaqat ilm-fanda, balki san’atda sohasida ham namoyon etishdi.

Payshanba, 22 Dekabr 2022 16:39

ULKAN MAQSADLAR SARI

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan 2022-yil 22-dekabr kuni universitet Xotin-qizlar kengashining faollari va “Lider qizlar” klubi yetakchilari bilan kengash yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslar targ‘ibotiga bag‘ishlandi. Kengash raisi M.Abbasova so‘zga chiqib, jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishining yangi davrida taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2022-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va respublikamizning 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga urg‘u berdi. Mazkur mavzu yuzasidan fakultet boshlig'i R.Toshniyozova so'zga chiqib,  yig’ilish ishtirokchilarining e’tiborini Prezidentning Murojaatnomasida asosiy va eng katta investisiya bo‘lgan ta‘limni qullab-quvvatlashga qaratilganligiga urg'u berdi.

 “Najot– ta'limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Ma'rifatparvar bobolarimizning bu so'zlari deputat va senatorlarimiz, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar, butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak" deyiladi Murojaatnomada. Universitetning axborot resurs markazi yetakchi mutaxassisi A.Izbasarova esa ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymasligimiz, talaba yoshlarimiz ongida Inson qadri hamma narsadan ustunligini unutmasliklari to‘g’risida alohida to‘xtalib o‘tdi va Prezidentimiz tomonidan 2023-yilni “Insonga e‘tibor - sifatli ta‘lim yili” deb e‘lon qilinganligini to‘liq yoritib berdi. Ushbu Murojaatnoma to‘g‘risida universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurova o‘tgan yilda yurtimizda barqaror iqtisodiy o‘sish, eksport hajmi o‘shganligi, iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani rivojlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilganligini ta‘kidlab o‘tdi.

Shuningdek, universitet psixologi D.Turdiyeva xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga va ularga psixologik yordam ko‘rsatishga doir ishlarga o‘zining  ijobiy fikr va mulohazalarini bildirdi, tyutorlar G.Husainova, M.Abduraxmonovalar ham Murojaatnomaning istiqbolli rejalari bo‘yicha tahliliy munosabat bildirishdi.

Yig‘ilish davomida videorolik va taqdimot namoyish etildi, ishtirokchilar tomonidan ko`pgina savollar berildi va takliflar ko`rib chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Dushanba, 19 Dekabr 2022 17:03

Sport – omadga eltuvchi yo‘l!

Joriy yilning 12-15 dekabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Sportklubi va Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligiga bag‘ishlangan Universitet birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Unda 37 nafar talaba qatnashdi, musobaqa yakunida g‘oliblar va sovrindorlar aniqlandi:

1-o‘rin – Norbekov Sherbek (3-bosqich, ommaviy tadbirlar yo‘nalishi);

2-o‘rin – Mustafoev Timur (2-bosqich, media yo‘nalishi);

3-o‘rin – Rabbimkulov Oxun (3-bosqich, turizm menejmenti yo‘nalishi).

Turizm menejmenti kafedrasi o'qituvchisi Sanjar Jumanazarov DAAD (German Academic exchange Servis) loyihasining "Sharqiy hamkorlik" dasturi doirasida doktoranturada grant asosida 2 oylik Germaniyaning Konstanz HTWGda turizm sohasida ilmiy tadqiqot yuritish imkonini qo’lga kiritdi. S.Jumanazarovning mamlakatimizda turizm bo'yicha ilmiy kadrlar salohiyatini yuksaltirishida samarali natijalar berishiga ishonamiz! Yutuqlar bardavom bo'lsin!

38 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar