Juma, 23 Dekabr 2022 13:35

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Xitoyning Northwest Universiteti bilan hamkorlikda “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul” mavzusida webinar o‘tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan Xitoyning Northwest universiteti bilan hamkorlikda universitetimiz mustaqil tadqiqotchilari, magistratura boshqichida o‘qiyotgan va Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun Northwest universiteti tomonidan taklif etilayotgan grant loyihalari, yaratilayotgan imkoniyatlar va talabgorlar uchun qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Webinarda Northwest universiteti Xalqaro ta’lim maktabi qabul komissiyasi direktori Zhe Ji.universitet “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti turizm menejmenti departamenti direktori Ling Xue Cheng, universitet tashqi aloqalar bo‘limi direktor o‘rinbosari Kang Rong va universitetning Madaniy meros maktabi o‘qituvchisi Zhou Jianhong tomonidan tadqiqotchilarga va talabalarga ma’lumotlar berib o‘tildi. Webinarning ochilishida universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tony Qian Zou o‘zining maruzasi bilan ishtirok etdi.

O'qilgan 1555 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar