×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 22 Dekabr 2022 22:42

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetitda “Dunyo madaniyatlari bo‘ylab” festivaliga start berildi

Festivalda universitet talabalari guruhlari tomonidan turli millat madaniyati va san’ati aks etgan sahna ko‘rinishlari, taqdimotlari namoyish etildi. Namoyish etilgan har bir sahna ko‘rinishi tomoshabinlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Talabalar o‘z mahoratini nafaqat ilm-fanda, balki san’at, madaniyat sohalarida ham namoyon etdi.

Bugungi ma’naviy uyg‘onishimizning manbai bo‘lib xizmat qilayotgan o‘zbekona bag‘rikenglik, xalqimizga xos etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshlilikning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Umuman olganda, turli millatlardan tashkil topgan xalqimiz tarixning eng murakkab, og‘ir damlarini yengib o‘tar ekan, o‘zaro hamjihatlik aloqalari mustaqkamlanib borgan. Og‘ir damlarda bir-biriga yordam bergan xalqlar, bir-birlarining e’tiqodlariga ham hurmat bilan yondashganlar. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma’naviy Uyg‘onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi… Ayni shu zaminda ko‘p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan».

Bunday tadbirlar yoshlarning badiiy-ijodiy mahoratini namoyon etishga ko‘maklashishi bilan birga, ularda kelajagi buyuk davlat vorislariga xos istiqbolga ishonch, ilm-ma’rifat cho‘qqilariga intilish, shijoat singari fazilatlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Talabalar festivali bu chinakam talabalar bayrami desak bo‘ladi. Ikki kun  davomida turli xil san’at va madaniyat sohasidagi bellashuvlar talabalarga katta zavq bag‘ishlaydi. Festival har yili 1 marotaba tashkil etilib,  umumiy hisobda ikkinchi marta o‘tkazilib kelinmoqda. Festival qamrovi yildan-yilga tobora ortib, ishtirokchilar soni esa yanada ko‘payib bormoqda.

O'qilgan 1487 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1421{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar