×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 22 Dekabr 2022 16:39

ULKAN MAQSADLAR SARI

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan 2022-yil 22-dekabr kuni universitet Xotin-qizlar kengashining faollari va “Lider qizlar” klubi yetakchilari bilan kengash yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslar targ‘ibotiga bag‘ishlandi. Kengash raisi M.Abbasova so‘zga chiqib, jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishining yangi davrida taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2022-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va respublikamizning 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga urg‘u berdi. Mazkur mavzu yuzasidan fakultet boshlig'i R.Toshniyozova so'zga chiqib,  yig’ilish ishtirokchilarining e’tiborini Prezidentning Murojaatnomasida asosiy va eng katta investisiya bo‘lgan ta‘limni qullab-quvvatlashga qaratilganligiga urg'u berdi.

 “Najot– ta'limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Ma'rifatparvar bobolarimizning bu so'zlari deputat va senatorlarimiz, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar, butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak" deyiladi Murojaatnomada. Universitetning axborot resurs markazi yetakchi mutaxassisi A.Izbasarova esa ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymasligimiz, talaba yoshlarimiz ongida Inson qadri hamma narsadan ustunligini unutmasliklari to‘g’risida alohida to‘xtalib o‘tdi va Prezidentimiz tomonidan 2023-yilni “Insonga e‘tibor - sifatli ta‘lim yili” deb e‘lon qilinganligini to‘liq yoritib berdi. Ushbu Murojaatnoma to‘g‘risida universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurova o‘tgan yilda yurtimizda barqaror iqtisodiy o‘sish, eksport hajmi o‘shganligi, iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani rivojlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilganligini ta‘kidlab o‘tdi.

Shuningdek, universitet psixologi D.Turdiyeva xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga va ularga psixologik yordam ko‘rsatishga doir ishlarga o‘zining  ijobiy fikr va mulohazalarini bildirdi, tyutorlar G.Husainova, M.Abduraxmonovalar ham Murojaatnomaning istiqbolli rejalari bo‘yicha tahliliy munosabat bildirishdi.

Yig‘ilish davomida videorolik va taqdimot namoyish etildi, ishtirokchilar tomonidan ko`pgina savollar berildi va takliflar ko`rib chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

O'qilgan 2214 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1419{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar