Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Alisher Navoiyning ilmiy merosi va uning jahon adabiyotiga ta’siri beqiyosligi ta’kidlandi.
Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko‘plab xayriya uylari, ko‘prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma’lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lganligi yodga olindi.
Talabalar va teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.