Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan «Beg‘araz donorlik xarakati» oyligi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham bir qator ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” da o‘tkazilayotgan donorlik aksiyasida universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda bir guruh volonter talabalar ko‘ngilli tarzda qon topshirishdi.
«Beg‘araz donorlik xarakati» aksiyasi munosabati bilan tashkil etilgan aksiya chog‘ida topshirilgan qon kasallikka chalingan insonlar salomatligini tiklashga xizmatga qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.