Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan «Beg‘araz donorlik xarakati» oyligi doirasida universitetda bir qator ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 9-fevral kuni universitet yetakchisi Sarvar Haydarov tomonidan talabalar oʻrtasida qon donorligi boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbir davomida etakchi talabalarga - Donor aksari hollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolishini va ular uchun yashashini doimo yodda tutadigan insonligi, donorlik qilishga axd qilgan inson ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishini ta’kidladi. Donor faqat o‘z sog‘lig‘i uchun emas, balki — boshqalarni ham ahvolidan xabardor bo‘lishini aytib o’tdi. Donorlik qilishga axd qilgan talabalarga, sog‘lig‘ini boshqalar uchun saqlashni o‘rganishlari lozimligini tushuntirdi.
Donor sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimlik ichishdan, tamaki chekishdan imkon qadar o‘zini tiyishi muhimligi, qon topshirish oralig‘ini saqlashdan iborat ekanligini ta’kidladi.