×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 10 Fevral 2023 10:21

Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi.

Olam tiniq, Vatan obod muqaddas bu ayol birlan. Bu so‘zlar hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan. Shu sababli dunyo hamjamiyatida gender tenglik imkoniyatlarini yaratish hamda ayollar nufuzini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2023-yil 8-fevral kuni 11-fevral - Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish haftaligi doirasida A.S. Pushken nomidagi viloyat axborot-resurs markazida “Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmonova, A.S. Pushken nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Z.Shodieva, Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova va universitetning Turizm menejmenti fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova hamda talaba qizlar ishtirok etishdi. ZOOM platformasi orqali tuman (shahar) ARM xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu davra suhbatida universitet xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova “Ta’limni rivojlantirishda olima ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.

O'qilgan 1828 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1460{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar