×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 19 Yanvar 2023 10:45

Talaba qizlar haq-huquqlari, qadr-qimmati va sha’ni himoyada!

Joriy yilning 17-yanvar kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan talabalar turar-joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «Talaba qizlar haq-huquqlari, qadr-qimmati va sha’ni himoyada!» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda universitet psixologi D.Turdiyeva ishtirok etdi.

Ayni kunlarda talabalar turar-joylariga kelib joylashayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari va yotoqxonadagi issiqlik manbalari holati o’rganildi. Ushbu o’rganish jarayonida universitet vakillari TTJda istiqomat qiluvchi talaba qizlarga havo haroratining pasayib ketishi natijasida o’z sog’liklariga e’tiborli bo’lish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi.

    Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba qizlar o‘rtasida doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan yig‘ilishlarning bu galgi mavzusi «Talaba qizlar haq-huquqlari, qadr-qimmati va sha’ni himoyada!» deya nomlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga to’xtaldi. Ushbu mavzudagi bahs-munozara shaklida o‘tgan davra suhbati qizlarimizning o‘z o‘y-kechinmalarini bildirish imkonini berdi va ularning nechog‘lik ilg‘or, teran va mustaqil fikrli ekanligini namoyon etdi. Ular “Oila oldidagi burchimiz nimadan iborat?”, “Siz oilaviy hayotga tayyormisiz?”, “Oilada erkakning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?”, “Oila va nikoh tushunchalariga munosabatingiz”, “Oilaviy nizolar va ularning qanday turlarini bilasiz?”, “Hiyonat va sadoqat tushunchalarini izohlang” kabi savollariga javob berishdi.

    M.Abbasova, D. Turdiyeva o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, qizlarga qimmatli maslahat va tavsiyalar berishdi. O‘z navbatida, oila atalmish qurg‘onni qadrlash, avaylash, uni muqaddas sanash, mas’uliyatli bo‘lishga chaqirishdi. Psixolog D.Turdiyeva “Orzular xaritasi” nomli ajoyib motivatsion trening o’tkazdi. Ijobiy emotsional muhitda o’tgan tadbirda qiziqarli o’yinlar, mashqlar barchaga manzur bo’ldi. Shuningdek, oila haqida to‘xtalib, uning inson hayoti, shaxs kamoloti uchun nechog‘lik muhim ekanligini psixologik jihatdan tushuntirdi.    

Shuningdek, muloqot davomida talaba qizlar bilan individual tarzda suhbatlar olib borildi. Qizlarning tegishli holatlari yuzasidan fikrlari, taklif-mulohazalari tinglandi.

O'qilgan 2426 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1436{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar