Seshanba, 01 Fevral 2022 10:50

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar o‘rtasida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar o'rtasida quyidagi mavzularda videorolik tanlovini e'lon qiladi:
1. “Eng yaxshi sport mashg‘uloti aks etgan videorolik”
2. “Eng yaxshi milliy va jahon musiqa asboblari ijrochisi”
3. “Eng yaxshi Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur g‘azallari ijrochisi”
4. “Eng yaxshi milliy va jahon qo‘shiqlari ijrochisi”
5. “Eng yaxshi milliy va jahon raqsi ijrochisi”
Tanlov shartlari: Tanlov ishtirokchilari o‘zlari olgan video-roliklarini quyidagi @bobibragimov telegram manziliga yuborishlari so‘raladi.
Sizning videorolikingiz @univ_silkroad_tutors instagram sahifasiga joylashtiriladi va har bir nominatsiya bo‘yicha eng ko‘p like to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Videoroliklarni qabul qilish muddati 2022-yil 6-fevralda o‘z nihoyasiga yetadi va 14-fevral kuni tanlov g‘oliblar e’lon qilinadi.
“Eng yaxshi Alisher Navoiy g‘azallari ijrochisi” tanlovi uchun g‘oliblar 2022-yil 9-fevral kuni e’lon qilinadi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

O'qilgan 2600 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar