Seshanba, 22 Fevral 2022 18:27

Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Joriy yilning 22-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti anjumanlar zalida 2022-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov olib bordi. Davlatimiz Rahbari O‘zbekistonning ShHTga raisligi bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasini qo‘ygani ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan Turizm va madaniy meros vazirligi huzurida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari, umumiy ovqatlanish sohasi, mehmonxonalar, shuningdek, turizm sohasi vakillari hamda logistika kompaniyalaridan iborat maxsus shtab tashkil etildi. Rejaga ko‘ra, ular xalqaro sammit ishtirokchilari va mehmonlariga xizmat ko'rsatishda bevosita ishtirok etadilar.

Uchrashuv davomida tomonlar har bir hududda volontyorlar guruhlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Samarqand  mamlakatimizning sayyohlik poytaxti va sayyohlik markazi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida turistik hab ekanligini isbotlash uchun yana bir imkoniyat yaratadigan ShHT Sammitiga barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo’ldi,  tajriba almashildi.

O'qilgan 3948 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar