×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 25 Fevral 2022 10:22

Jamiyatda AYOL: muammo va yechimlar

         “ Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy ” shiori ostida joriy yilning  24-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan Tozalik uchun mas‘ul xodimalar (farroshlar) bilan  “Jamiyatda ayol: myammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasovaning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun”  tamoyili to’g’risida ayniqsa bugungi kunda jamiyatimizda uchrab to‘rayotgan zo‘ravonlik kabi  noxush holat va uni bartaraf etishda barcha birdek birlashishi,  xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining  barcha shakllariga barham berish, imkon qadar bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik zarurligi haqidagi ma’ruzasi bilan ochildi.

  Ayollarning mehnatga oid huquqlari bo’yicha universitet Kasaba uyushmasi raisi S. Matlabov so‘zga chiqib, mamlakatimizda huquqiy islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotganligini so‘nggi yillarda normativ-huquqiy hujjatlarga inson va uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatidan ham ko‘rish mumkinligini ta’kidlab o’tdi. Zero, qonunlar jamiyat hayoti va demokratik taraqqiyot negizidir. Qonunlar, avvalo, jamiyat hayotining asosini yaratib, davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladi.

         “Baxtli yashash – o‘ziga sadoqatli bo‘lish”  haqida universitet psixologi D.Turdiyeva so’zga chiqdi. “Hayotda ish va majburiyatlar shunchalik ko‘pki, hatto vaqtning o‘tgani ham bilinmaydi. Bunday notinchlikda hissiy va ma'naviy ahvol haqida osongina unutish mumkin. Lekin baxtli inson bo‘lish uchun doimo o‘sish va o‘zgarish zarurdir. Shuning uchun, siz o‘zingiz va hayotingizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun 16 ta oddiy qoidalarga rioya qilishga harakat qiling”. Yig‘ilishda ushbu qoidalar bo’yicha suhbatlashildi.

Universitetning Turizm menejmenti fakulteti boshlig’i R.Toshniyozova “Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida” mavzusidagi ma’ruzasida xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga  davlatimizda alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimiz Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi, Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni rag'batlantirish to'g'risidagi, Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyalarga, Pekin platformasi va Harakatlar rejasi kabi xalqaro hujjatlarga qo'shilganligi haqidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi.  Shuningdek, universitetning tozalikka mas’ul xodimalarning mehnatini qadrlash uchun fakultet boshlig’i sifatida barcha ta’lim olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarga murojaat qilib, osoyishtalik va obodonchilik, gigiyenik-sanitariyaga barcha birdek mas’ulligini ta’kidladi.

O'qilgan 4918 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1030{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar