Chorshanba, 09 Mart 2022 16:24

Kutubxona javonlarida dunyo xaritalari haqidagi tematik kitoblar paydo bo'ldi

Kutubxona mamlakat va millatning ajralmas qismi bo‘lib, insonning bilim to‘plash va oshirishga, madaniy va intellektual rivojlanishiga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan kutubxona javonlari nodir kartografik kitoblar fondi bilan to‘ldirildi.

Endilikda o‘quvchilar ta’lim faoliyatida yordam beradigan, dunyo mamlakatlari, ularning boshqaruv shakllari haqidagi bilimlarini kengaytiruvchi kitoblarning so‘nggi nashrlari bilan tanishishlari mumkin. Mazkur kitoblar jahon xaritasi asosiy siyosiy va geografik o'zgarishlarni aks ettiradi. Xususan, javonlarda yangi mustaqil davlatlarning shakllanishi, ularning maqomining o'zgarishi, davlatlarning qo'shilishi va bo'linishi, suverenitetning yo'qolishi yoki qo'lga kiritilishi, davlatlar maydonining o'zgarishi, ularning o'zgarishi, davlatlar va poytaxtlar nomlarining o'zgarishi, boshqaruv shakllarining o'zgarishi va shu kabi mavzulardagi kitoblarni topish mumkin.

Universitet kutubxona fondining boyishi uchun har oyda katta hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

O'qilgan 2452 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar