Joriy yilning 7-17- mart kunlari "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakili sifatida Xalqaro grantlarni jalb qilish bo'limi boshlig'i Shavkat Ramazonov Turizm va madaniy meros vazirligining rasmiy delegatsiyasi tarkibida Fransiyaning Parij va Ruan shaharlarida bo'ldi.
Uchrashuvlar chog'ida Ruan Normandiya va "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida o'zaro ilmiy tadqiqot va doktorlik dissertatsiyalarini birgalikda boshqarish masalasidagi hamkorlikka doir yo'l xarita ishlab chiqildi.
Shuningdek, "Ipak yo'li" universitetiga Ruan Normandiya universitetining yetakchi professorlari tashrif buyurishi rejalashtirildi.
Buning natijasida, turizm va madaniy meros sohasida o'zaro tadqiqotlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Rasmiy uchrashuvlar davom etmoqda.