Payshanba, 24 Mart 2022 16:23

«Quvnoqlar va zukkolar» respublika ko‘rik-tanlovining yarim final bosqichi

«Turkiston» saroyida joriy yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda Zo’r-TV telekanali hamkorligida tashkil etilgan «Quvnoqlar va zukkolar» respublika ko‘rik-tanlovining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining mazkur bosqichi 3 ta shart asosida o‘tkazildi.

Bellashuvda 4 ta jamoa ishtirok etdi va turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini namoyish etishdi. Ushbu bellashuvda universitetimizning “Turist” jamoasi ham munosib istirok etishdi.

Jamoaning keyingi faoliyatiga omadlar tilaymiz!

O'qilgan 4205 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar