Dushanba, 28 Mart 2022 11:23

Yaponiyaning halqaro xamkorlik agentligi (JICA) vakillari tashrifi

   27 mart kuni universitetimizga Yaponiyaning halqaro xamkorlik agentligi (JICA) tashkilotining mamlakatimizdagi vakolatxonasi  rahbari janob Dr. Suguru Miyazaki va  shu vakolatxonaning maslahatchisi janob Norihiro Toki tashrif buyurdilar.

            Birinchi prorektor prof. Jo'liboy Eltazarov yaponiyalik mehmonlarni qarshi oldi va universitetimiz Rektori A.A.Abduhakimov va jamoa nomidan ularni qizg'in qutladi.

          Uchrashuvda JICA va "Ipak Yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda yapon universitetlarida o'rtasida madaniy: ta'lim va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish masalalari haqida fikr almashildi. Universitet bilan hamkorlikda JICA kafedrasini tashkil etish, Yaponiyadagi tegishli oliy ta'lim mussasalaridan turizm, madaniy meros, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va muzeyshunoslik  sohalaridan mutaxassislarni ta'lim jarayoniga jalb etish  xususida kelishib olindi.

           Uchrashuv so'ngida mehmonlar universitetdagi Ipak Yo'lidagi mamlakatlarning  kiyimlari hamda  choy galereyalari, kutubxona hamda yangi ta'mirdan chiqqan tarixiy rektorat binosi bilan tanishdilar. Universitet kutubxonasidagi yapon tili, adabiyoti, madaniyati, tarixi, iqtisodiyotiga oid 5000 dan ortiq nodir kitoblar, darslik va o'quv adabiyotlarning mavjudligi mehmonlarni hayratga soldi. Shuningdek, mehmonlar kelgusi o'quv yilidan e'tiboran "Ipak Yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yapon tili va madaniyati darslari o'tila boshlashi haqidagi ma'lumotni  quvonch bilan kutib oldilar.

O'qilgan 3449 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar