O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qarori 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda muzey rahbarlari hamda arxeolog va restavratorlarning qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kurslarida respublikamizda faoliyat yuritayotgan muzeylar rahbarlari, areolog olimlar hamda restavratorlar onlayn ishtirok etishdi. O’quv kurslari 28-martdan 2-aprelga qadar davom etadi.
Muzey rahbarlari hamda arxeolog va restavratorlarning qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad, oʻzbek xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob madaniy merosni asrashga oid ishlarni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan muzey rahbarlari, arxeolog va restavratorlar uchun o‘zaro tajriba almashish shu sohada olib borilayotgan ishlarni ommalashtirishdan iboratdir.