“Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim”.
Sh.Mirziyoyev
Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun dasturulamal bo‘lmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, talabalarni kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
2022-yil 1-aprel kuni “Ipak yo’li” universitetida talabalari tashabbusi bilan R.Toshniyozova rahbarligida tashkil etilgan "Kitobsevarlar jamiyati" klubining navbatdagi uchrashuvida Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romanining muhokamasi bo'lib o'tdi.
#kitobxonlik klubi
#besh_tashabbus