Joriy yilning 6-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining elchi maslahatchisi Сhi Junlin boshchiligidagi vakillari "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Universitet bilan tanishuv jarayoni davomida maslahatchi universitetni boshqarish modeli, Buyuk Ipak yo'lining noyob tarixiy elementlari, universitet galereyalari va kutubxonalari katta taassurot uyg'otganini ta'kidladi
Shuningdek, tashrif davomida "Ipak yo'li" universiteti kutubxonasi zalida Xitoy Xalq Respublikasi elchixona maslahatchisi va universitetning birinchi prorektori J. Eltazarov ishtirokida Xitoy burchagi ochildi.
Xitoy maslahatchisi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik ko'plab sohalarda, jumladan, madaniy, gumanitar va ta'lim sohalarida izchil rivojlanib borayotganini va davlatlarimiz rahbarlari o'rtasida erishilgan kelishuvlar buning uchun muhim asos ekanini ta'kidladi.
Ta'kidlash joizki, joriy yilda Xitoy burchagi 500 dan ortiq o'quv va badiiy adabiyotlar, sayyohlik sohasini qamrab olgan darsliklar, didaktik materiallar, xitoy tilini o'qitishning zamonaviy texnologiyalariga oid qo’llanmalar hamda madaniyat va madaniy merosni asrashga oid kitoblar bilan jihozlanadi.
Tashrif yakunida tomonlar esdalik sovg'alari taqdim etishdi.