O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining 2022-yil 12-martdagi uchinchi yig‘ilishining qarori bilan Odilov Akmaljon Odilovich chet elda amaliyot o‘tash imkoniyat beruvchi dastur g‘olibi deb topildi.
Grant A.Odilovga dunyo reytingida 11-o‘rinni egallagan Kolumbiya universitetida (AQSh) tadqiqot olib borish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, A.Odilov 2019-yilda Toshkent moliya instituti magistraturasini “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 20 dan ortiq xalqaro va mahalliy tanlovlar ishtirokchisi va g‘olibi.
2021-yil 30-dekabrda iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.