“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Ruan Normandiya universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan joriy yilning 18-24 aprel kunlari Ruan Normandiya universitetining Turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar markazi direktori professor Sharl Eduard Ulliye (Charles Edouard Houllier) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Tashrifdan maqsad, turizm sohasidagi ilmiy tadqiqotchilar va doktorantlar bilan davra suhbati shaklidagi uchrashuvlar o‘tkazish, nomzodlarni tanlash, grant loyihalarda ishtirok etish va ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash hisoblanadi.
Professor Ulliye 18-23 aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchilari va doktorantlari bilan turli uchrashuvlar o‘tkazadi va turizm sohasidagi xalqaro grantlar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, professor Ulliye 21-aprel kuni o‘tkaziladigan Xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Fransiyada tadqiqot olib bormoqchi bo‘lgan barcha tadqiqotchilarni Professor Ulliye bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda kutib qolamiz. Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro grantlarni jalb qilish bo‘limiga murojaat qiling. Telefon: +99897 282 20 82