Yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish, ma’rifiy islom ta’limoti, buyuk ajdodlarimizning ulkan ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, jamiyatda diniy va milliy bag‘rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda aqidaparast g‘oyalarga nisbatan mustahkam ma’naviy himoya qobig‘i shakllantirish maqsadida, joriy yilning 15 aprel kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari, universitet Yoshlar yetakchisi rahbarligida Samarqand viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi majlislar zalida “Ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasi”ni namoyon etuvchi ko‘chma foto-ko‘rgazmada ishtirok etishdi.