Yakshanba, 07 Iyul 2019 12:38

Abituriyentlar diqqatiga!

Abituriyentlar diqqatiga! 2019 yil 20 iyuldan 2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish boshlanadi.

Hurmatli abituriyentlar!

2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish 2019 yil 20 iyuldan boshlanadi.

“Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uzrasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA”ni chop etib oladi.

Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bo‘lgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylardaamalga oshirish mumkin.

  1. Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari, Yashash joyidan qat’i nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;

ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;

ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uzrasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

  1. Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qat’iy nazar quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;

ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;

ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

Izoh: “Abituriyent ruxsatnomasi” bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, OO‘MTV (71) 246-16-04, (71) 246-38-70 hamda DTM 1195 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ruxsatnomalar barcha tashkilotlar tomonidan bepul chop etilib, tarqatiladi.

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish bo‘yicha e’lon quyidagi saytlarga joylashtiriladi:

  1. Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz;
  2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti www.edu.uz;
  3. Davlat xizmatlari agentligi rasmiy veb-sayti www.davxizmat.uz;
  4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliginingrasmiy veb-sayti www.mehnat.uz;
  5. Barcha oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida.

ABITURIYENTLARGA “ABITURIYENT RUXSATNOMASI”NI TARQATISH SXEMASI

Sana

 

Ruxsatnomani tarqatish joylari

 

Abituriyentlar soni

20-iyuldan

---->

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha abituriyentlar

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz

---->

Ruxsatnomani elektron shaklini saytdan ko‘chirib oladi va ixtiyoriy joyda (uyda yoki printeri bor joyda) chop etadi

         

23-26 iyul kunlari

---->

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar

1. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari.

2. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari.

3. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari

---->

Davlat xizmatlari markazlari (Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari) xodimi DTMning rasmiy veb-sayti www.dtm.uzdagi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

       

27-29 iyul kunlari

---->

Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar

1.Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari.

2. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari.

3. Yashash joyidan qat’i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari

---->

Izoh: ruxsatnomalar Davlat xizmatlari markazlari, Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlarida bepul chop etiladi va tarqatiladi.

“ABITURIYENT RUXSATNOMASI”NI ChOP ETISH TARTIBI

1-bosqich. Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb-saytiga kiriladi.

2-bosqich. Saytning “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limiga kiriladi.

3-bosqich. Abituriyentning pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqami kiritiladi.

4-bosqich. Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA” chop etiladi.

O'qilgan 4918 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar