Joriy yilning 15-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Mirbabayeva D. tashabbusi bilan “Kitob-oynasi” mavzusida 2-kurslar uchun fransuz tilidan ijodiy kecha o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlari tanlagan she’rlarini fransuz tilida so‘zlab berdilar. Shuningdek, talabalar “brainstorming” orqali “Kitob – qalb ko‘zgusi” mavzusida so‘z va maqollarni uslubiy tahlil qildilar.
Ijodiy kecha yakunida faol talabalar diplom bilan taqdirlandi.