2022-yil 19-aprel kuni Pastdarg‘om tumanidagi 55-maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumotlar berildi.
Maktab o‘quvchilariga universitetda turizmga qiziquvchan yoshlarning ushbu yo‘nalishni ichkaridan o‘rganishi, bilim bazasini to‘ldirishi, xususan, Universitetning keng qamrovli kutubxonasining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgani aytib o‘tildi.
Ta’kidlash joizki, maktab va texnikum o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga doimiy asosda taklif etilib, ular universitet talabalarining o‘quv jarayoni va hayoti, shuningdek, “Smart Campus” infratuzilmasi bilan yaqindan tanishadilar