Universitet talabalar Parlamenti Prezidentligiga saylov shaffof bo‘lishi lozim, shuning uchun ushbu jarayon oldidan barcha talabalar har bir nomzod bilan yaqindan tanishish imkonini beradigan munozaralar tashkillashtirildi.
Xususan, joriy yilning 22-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar Parlamenti Prezidentligiga nomzodlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasi tomonidan Prezidentlikka to‘rtta nomzod ro‘yxatga olindi.
Ta’kidlash joizki, munozaralar klassik ko‘rinishda emas, balki nomzodlar o‘zlari haqida gapiradigan, jamoatchilikni o‘z dasturlari bilan tanishtiradigan va talabalar muammolarini muhokama qilish uchun ko‘tarilgan bahs-uchrashuv ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, nomzodlar saylovchilar oldida mas’uliyatni his qilishdi, saylovchilar esa, o‘z navbatida, nomzodlarning rejalari bilan tanishishdi. Noan’anaviy munozaralarning o‘tkazilishi talabalarning kimga ovoz berishishida qat’iy qaror qilishiga turtki bo‘ladi.
Munozara nafaqat muhim bo‘lgan asoslash ko‘nikmalari, tanqidiy fikrlash, ritorik texnika kabi mahoratlarni orttirishga, balki prezidentlik davrida strategiyalashtirishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga yordam beradi.