Dushanba, 25 Aprel 2022 17:30

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!

Mamlakatimizning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan, kreativ fikrlaydigan yoshlar, isteʼdodli professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari diqqatiga!

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-2023 o‘quv yili uchun:

* bakalavriat taʼlim dasturi uchun 51 oʻrin,

* magistratura taʼlim dasturi uchun 145 oʻrin,

* doktorantura taʼlim dasturi uchun 110 oʻrin stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 15-apreldan – 15-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2022-yil 15-maydan – 15-iyunga qadar davom etadi.

Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining www.eyuf.uz  sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.

Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: undefined

O'qilgan 5125 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar