Chorshanba, 27 Aprel 2022 15:53

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Ipak yo‘li” universitetida profilaktik tadbir o‘tkazdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan imzolangan chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida, “Ipak yo‘li” universiteti talabalari va xodimlari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida xodimlar va talabalar jabrlangan va moddiy mol-mulkni qutqarishda asbob-uskunalar va moslamalar ishlash tamoyillari bilan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida FVB mutaxassislari universitet xodimlari va talabalarining barcha savollariga javob berishdi.

Seminarida har bir fuqaro har doim favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

O'qilgan 2383 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar