2022-yil 5-may kuni Turkiyadagi Yildiz texnika universiteti vakillari professor Nuran Kara Pilexvarian boshchiligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitetning birinchi prorektori – prof. J.Eltazarov bilan uchrashdi. Muzokaralar stolida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, turli sohalarda o‘zaro manfaatli almashinuv, madaniy yodgorliklarni muhofaza qiliss, shuningdek, ularni restavratsiya qilish sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari va boshqa savollar muhokama qilindi.
Mehmonlar uchun universitet bo‘ylab tanishuv ekskursiya tashkil etildi. Universitet kutubxonasi, xususan, turk adabiyoti javoniga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlar tez orada Yildiz texnika universiteti va Turkiya Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Turkiya madaniyati, tarixi va turizmiga oid kitoblar yuborilishiga ishontirishdi.