Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yoʻlda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz. Ularning xotirasini abadiylashtirish uchun butun respublikamizda, shu jumladan, viloyatimiz Samarqandda ham bogʻ va xiyobonlar bunyod etildi.
Bugun Samarqand shahridagi Vatanparvarlar mahallasida 9-may Xotira va qadirlash kuniga bagʻishlangan bayram sayli boʻlib oʻtdi. Unda universitetimiz jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etishdi. Bayram saylida harbiylarimiz ishtirokida jangovor koʻrinishlar tashkil etildi. Talabalar yangi ochilgan Xotira muzeyi eksponatlari va harbiy aslaxalar bilan yaqindan tanishdilar.
Harbiylarimiz tomonidan urush davrida qahramonlarcha halok boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va qaxramonliklari, tinchligimiz uchun qilgan mehnatlari yodga olindi.