Ayni damda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Hilton Tashkent City mehmonxonasida o‘tkazilayotgan “Tashkent Travel Mart 2022” B2B formatidagi Xalqaro turizm ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.
Ushbu koʻrgazmada Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Isroil, Chexiya, Estoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondan sayyohlik sanoati vakillari (aviakompaniyalar, turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, onlayn buking xizmatlar va boshqalar) ishtirok etmoqda. Jami 80 dan ortiq kompaniya.
Universitet uchun bu turizm sohasida malaka almashish, yangi hamkorlar bilan muloqot o‘rnatish, shuningdek, zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda turizmning yangi yo‘nalishlarini o‘zlashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ta’kidlash joizki, ushbu koʻrgazma qabul tadbirlari oldidan reklama kampaniyasini oʻtkazish imkonini beradi.
Shuningdek, ko‘rgazma kuni davomida turizm sohasining yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.