Payshanba, 26 May 2022 14:13

Universitetda Germaniya Xalqaro Hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan bir qator amaliy seminar mashg‘ulotlari oʻtkazilmoqda

Universitetda joriy yilning 25-may sanasidan GIZ – Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkilotining “Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Qoraqalpoq Davlat universiteti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumi, Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi hamda Andijon turizm va servis kollejida faoliyat olib borayotgan turizm va mehmonxona yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari uchun seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘quv-seminarning ochilish kunida universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish sohasining salohiyatli bo‘lajak kadrlarni sifatli tayyorlash va kasbiy mahoratini oshirish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Fan, ta’lim va tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i – A.Eshtaev yig‘ilganlar e’tiborini nazariy va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, shuningdek, turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda, bu boradagi ishlarni puxta o‘zlashtirish zarurligiga qaratdi.

Mazkur o‘quv seminarlar sikli maxsus tanlov mezonlaridan o‘tgan, saralangan kollej va texnikum o‘qituvchilari uchun amaliy laboratoriyalar bilan ishlash va yozda Irlandiyaga o‘quv safarida qatnashish uchun tashkil etildi.

Seminar mashg‘ulotlari 28-mayga qadar davom etadi.


 

O'qilgan 1719 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar