×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 26 May 2022 15:43

TED ma’ruzalarida talabalar faoliyatining muhim jihatlari koʻrib chiqildi

Joriy yilning 25-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faollar zalida TED formatidagi navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi va unda universitet talabalari ma’ruzachi sifatida chiqishdi.

So‘zga chiqqanlar “Yoshlar g‘oyalari” (Youth Ideas) bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni yoritdilar. Oʻz chiqishlarida ular:

– samarali ta’lim usullari;

– ma’suliyat;

– xalqaro konferensiyalarda qatnashish uchun ariza berish haqida;

– xotirani qanday yaxshilash mumkin;

– motivatsion nutqlar;

– oila va onalar mavzusi haqida gapirdilar.

Ta’kidlash joizki, rasmiy TED standartiga koʻra, har bir nutq 18 daqiqadan ortiq davom eta olmaydi va ma’ruzadan koʻra koʻproq yakkaxon chiqishga oʻxshaydi.

Ma’ruzachilar o‘zlarini nimadan ilhomlantirgani haqida emotsional va ochiq tarzda gapirdilar.

TED notijorat fondi boʻlib, uning asosiy maqsadi noyob gʻoyalarni tarqatishdir (“Ideas worth spreading”). TED – texnologiya (Technology), oʻyin-kulgi (Entertainment) va dizayn (Design) degan maʼnoni anglatadi, va tashkilotchilar ta’kidlaganidek, yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar kelajak qanday boʻlishini aniqlaydigan uchta asosiy sohadir.

Hurmatli talabalar! Agar siz ushbu noyob loyihada ishtirok etishni istasangiz, ushbu telefon raqamiga murojaat qiling: +998 93 565-05-24.

O'qilgan 2551 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1171{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar