“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bitiruvchisi Saidov A. o‘z faoliyatini “Air Marakanda” kompaniyasida Operation Agent lavozimda boshlagan.
Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida yoʻlovchilarga va aviakompaniyalarning yerda xizmat koʻrsatish operatori – “Air Marakanda” kompaniyasi 2020-yilda tashkil etilgan.
Universitet o‘z talabalarining kelajagi haqida qayg‘uradi, uning vazifasi mehnat bozoridagi mutaxassislarga bo‘lgan talabni tahlil qilish orqali bitiruvchilarni ishga joylashtirish samaradorligini baholashdan iborat.