×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 30 May 2022 16:54

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurdi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 30-may kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Samarqandning diqqatga sazovor joylari, uning qadimiy tarixi, shuningdek, ta’lim va turizm sohasida Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarini rivojlantirish doirasida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish edi.

Tashrif doirasida Oreliya Bushez xonim O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori A.Abduhakimov bilan rasmiy suhbat o‘tkazdi. Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Rektor mustahkam ishchi aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ikki davlat oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilarining to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prik tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez universitet kutubxona fondiga arxitektura, muzeyshunoslik, gastronomik turizmga oid noyob kitoblarni sovg‘a qilgani e’tiborga molik.

“… Bu kitoblar kutubxona javonlarida alohida o‘rin egallaydi va arxitektura, madaniy meros va gastronomik turizm sohasidagi bilim salohiyatini yanada yuqori sifat darajasiga ko‘taradi”, – dedi rektor A.Abduhakimov.

Fransiya va Oʻzbekiston xalqlarining turizm va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda umumiy ustuvorliklarga ega boʻlgan ikki mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash asosi sifatida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan oʻzaro intilishlariga muvofiq, va bu borada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Fransiya oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.

O'qilgan 3670 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1177{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar