×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 30 May 2022 17:38

“Universitet 3.0” konsepsiyasining mazmun-mohiyati va amalga oshirish bosqichlari

“Universitet 3.0” konsepsiyasining mazmun-mohiyati va amalga oshirish bosqichlari PR & Press Department © All Rights Reserved

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi mutaxassislaridan tashkil topgan moderatorlar guruhi tomonidan “Universitet 3.0” konsepsiyasi bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun 24-27-may kunlari onlayn seminar-trening o‘tkazildi.

“Universitet 3.0” konsepsiyasining mazmun-mohiyati va amalga oshirish bosqichlari” mavzusida o‘tkazilgan seminardan ko‘zlangan maqsad “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

Onlayn seminar-trening davomida ilg‘or tajribalar o‘rganilishi bilan birga, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

O'qilgan 3511 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1178{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar