Chorshanba, 01 Iyun 2022 16:42

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Universitet kutubxona fondini ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar bilan to‘ldirdi

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Universitet kutubxona fondini ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar bilan to‘ldirdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 1-iyun kuni Indoneziyaning Bandung pedagogika universiteti rektorati delegatsiyasi Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi – E.P. Sunario Kartadinata va elchixonaning elchi-maslahatchisi – Rofita Jamafar xonim bilan birgalikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida janob E.P. Sunario Kartadinata “Ipak yo‘li” universiteti kutubxona fondiga ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar to‘plamini sovg‘a qildi. Taqdim etilgan kitoblar Indoneziyadagi turizm, madaniyat va urf-odatlarga oid soʻnggi tadqiqot ma’lumotlarini oʻz ichiga oladi.

Indoneziya elchixonasi vakillarining tashrifi chogʻida “Ipak yoʻli” xalqaro universiteti va Bandung pedagogika universitetining oʻquv, ilmiy va akademik faoliyatida axborot almashinuvi istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari talabalari va tadqiqotchilari uchun zarur ma’lumotlarni to‘siqlarsiz olish imkonini beruvchi yuqorida qayd etilgan oliy o‘quv yurtlari kutubxonalar ma’lumotlaridan o‘zaro onlayn tarzda erkin foydalanish imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

O'qilgan 2827 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar