×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 01 Iyun 2022 17:06

Birinchi prorektor J.Eltazarovning Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bulent Bayram bilan rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Birinchi prorektor J.Eltazarovning Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bulent Bayram bilan rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 1-iyun kuni Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Bulent Bayram boshchiligida Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar universitetning birinchi prorektori – prof. J. Eltazarov bilan rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muzokaralar stolida universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni va turli sohalarda o‘zaro manfaatli almashinuvni rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi. Professor Bulent Bayram o‘zining shaxsiy kolleksiyasidan “Ipak yo‘li” universiteti kutubxona fondiga noyob kitoblarni sovg‘a qildi.

O‘z navbatida, birinchi prorektor prof. J.Eltazarov faxriy mehmonlarni universitetning turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv va ilmiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Ma’lumot uchun: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti Turkiston davlat universiteti negizida 1991-yil 6-iyun kuni tashkil etilgan. Universitetda 6 ta ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud: turkologiya, ekologiya, arxeologiya, tabiiy fanlar, tibbiyot va Yevrosiyo. Universitetda 3 ta ilmiy va 2 ta axborot jurnali nashr etiladi: “Bilig” xalqaro ilmiy jurnali va “Turkologiya” ilmiy jurnali, shuningdek, “Olam xabarnomasi”, “Ayxaber” va “Elmaya” ijtimoiy-kognitiv jurnal.

O'qilgan 3178 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1187{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar