×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 08 Iyun 2022 14:56

Universitetda Samarqand shahri tarixida ilk bor TEDx bo‘lib o‘tdi

Universitetda Samarqand shahri tarixida ilk bor TEDx bo‘lib o‘tdi TEDx & PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 5-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs talabasi Bektursunov Bahodirdan iborat tashkilotchilar guruhi sa’y-harakati bilan Samarqand shahri tarixidagi ilk yirik TEDx tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir mavzusi: “Ufq ortida” (asl. Beyond The Horizon). Tadbir O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan yoshlarni birlashtirdi. Ma’ruzachilar sifatida talabalar, ijtimoiy faollar va mashhur bloggerlar edi. O‘z navbatida, “Ipak yo‘li” universiteti talabalari Xojalepesov Ulug‘bek, Jafarov Jahongir va Nasrullaeva Shahrizoda o‘z ma’ruzalari bilan chiqishdi. Media makonidagi butun jarayonni yoritgan media-guruhning a’lo darajali ishini alohida ta’kidlash joiz. Media jamoasining bosh koordinatori “Ipak yoʻli” universiteti talabasi – Melikov Amir boʻldi. TEDx media jamoasi ishiga internetda mashhur bo‘lib borayotgan “Ipak yo‘li” universiteti 3-kurs talabasi, bloger Mirzayev Amirbek ham o‘z hissasini qo‘shdi.

“Ipak yoʻli” universitetda tashkillashtirilgan TEDx tadbirini modernizm va talabalikning sintezi sifatida baholayman. Barcha ma’ruzachilar qizgʻin muhokamalarga aylanib ketgan oʻz chiqishlarini hayajon bilan aytishdi. Tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlamaslikning iloji yo‘q, buning uchun tashkilotchilarga alohida rahmat”, – taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi tadbir ishtirokchilaridan biri.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, TEDx tadbirlari doimiy bo‘lib qoladi va navbatdagi chiqishlarga tayyorgarlik jarayoni boshlangan.

Hurmatli talabalar, tadbirda ishtirok etishni istasangiz, “Ipak yoʻli” universiteti qoshidagi TEDx tashkiliy qo‘mitasi raisi Bektursunov Bahodirga murojaat qiling.

O'qilgan 3102 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1194{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar