×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 09 Iyun 2022 16:04

Yaponiyaning “FileForce” kompaniyasi direktori “Ipak yoʻli” universitetiga tashrif buyurdi

Yaponiyaning “FileForce” kompaniyasi direktori “Ipak yoʻli” universitetiga tashrif buyurdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 9-iyun kuni Yaponiyada faoliyat olib boruvchi, ish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi “FileForce” kompaniyasi ijrochi direktori – janob Aram Sarkisyan “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Xorijiy kompaniyalar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo‘lgan faxriy mehmon dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonga birinchi tashrifi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, shuningdek, “Ipak yoʻli” universiteti rektori – Aziz Abduhakimovning taklifiga binoan, janob Aram Sarkisyan oliy dargoh bilan yaqindan tanishish boʻldi. E’tiborlisi, janob Aram Sarkisyan va universitet rektori Aziz Abduhakimov Yaponiyaning Xitotsubashi universitetining bitiruvchilaridir.

Universitetda ekskursiya tashkil etilib, mehmonga ilg‘or ta’lim imkoniyatlari, amaliyot laboratoriyalari, kutubxona haqida ma’lumotlar berildi. Ta’kidlash joizki, tashrifdan ko‘zlangan maqsadlardan biri Yaponiya haqidagi ingliz tilida kitoblar to‘plamini taqdim etish ham edi. Janob Aram Sarkisyan ta’kidlaganidek, ushbu kitoblar universitet talabalari va o‘qituvchilariga Yaponiya madaniyati, turizmi va hayoti haqida kerakli ma’lumotlarga boy.

O'qilgan 3408 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1196{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar