Kutubxona ta’limning ajralmas qismi boʻlib, insonning bilimlarni toʻplash va oshirishga, madaniy va intellektual rivojlanishiga boʻlgan ehtiyojini aks ettiradi.
Turizm va madaniy meros vazirligi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan, talabalarga o‘quv jarayonida bilimlarini kengaytirishga yordam beradigan 100 ga yaqin har xil sohalarga oid kitoblarni topshirishdi.
Ayni paytda universitet kutubxonasi fondida turizm menejmenti va marketingi, arxeologiya, muzeyshunoslik, sanʼat, tarix, iqtisod, gastronomik va ziyorat turizmi, tilshunoslik, badiiy adabiyot, dunyoning turli tillaridagi qo‘llanmalar va darsliklar, madaniyat, etnografiya kabi yoʻnalishlar boʻyicha 15 mingdan ortiq bosma va 10 mingga yaqin elektron nashrlar saqlanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimovga kutubxonamiz fondini boyitishdagi beqiyos hissasi uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - deydi universitet kutubxonasi direktori Siddiqov Nurali.