Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami tabora kengayib bormoqda. Bu jarayonda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faollari va deputatlari ham faol ishtirok etib, o‘g‘il-qizlarni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Partiyaning Samarqand shahar Kengashi va Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi hamkorligida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan “Deputat va yoshlar” uchrashuvida ham ayni jihatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi.