×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 21 Iyun 2022 15:53

Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi “Ipak yo‘li” universiteti kutubxonasiga yangi noyob kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi

Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi “Ipak yo‘li” universiteti kutubxonasiga yangi noyob kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi PR & Press Department © All Rights Reserved

Isroilning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga yangi noyob kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Bu kitoblar Isroil tarixi, madaniyati va turizmi hamda muzeyshunosligi, me’morchiligi va san’atiga bag‘ishlangan bo‘lib, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ilmiy izlanish va ta’lim jarayonida katta foyda berishi shubhasiz.

Universitet kutubxona fondini boyitish jarayonlari yoshlarga oid davlat siyosatini amalda tatbiq etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, navqiron avlod ma’naviyatini, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, milliy adabiyot va san’atimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ijodkor xodimlar mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bilan hamohangdir.

“Ipak yo‘li” universitetida yuqoridagi tendensiyalarning amalga oshirilishi ko‘p jihatdan rektor – O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning xizmatlaridir. Rektor rahnamoligida, qisqa vaqt ichida kutubxonaga turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rassomlik, haykaltaroshlik, san’atshunoslik, arxitektura, madaniy meros kabi yo‘nalishlar bo‘yicha dunyoning barcha burchaklarida nashr etilgan 20 mingga yaqin kitob yetkazib berildi. Universitet kutubxonasini boyitishga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik muassasalari ham hissa qo‘shmoqda.

O'qilgan 2782 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1207{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar