×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 21 Iyun 2022 17:49

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida infotur yakunlandi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida infotur yakunlandi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 17-18 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati hokimligi hamkorligida “Turkiston – turkiy xalqlarning durdonasi” nomli infotur bo‘lib o‘tdi. Ushbu maxsus infotur jurnalistlar va blogerlar uchun tashkil etilgan.

Infotur doirasida mehmonlar “OPEN TURKISTAN YOUTH” oʻzbek-qozoq yoshlar forumining ochilishida ham ishtirok etishdi. Forumning maxsus mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Lola Rahmanbayeva, Yoshlar xodimlari uyushmasi bosh mutaxassisi Timur Isxoqov, shuningdek, faol yoshlar Baxit Jandos, bloger Baydaulet Jamanqulovlar edi. Forum davomida ular yoshlar bilan o‘z fikr-mulohazalari o‘rtoqlashdi, turli mavzularda savol-javoblar almashildi.

Ta’kidlash joizki, info-tur doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Turkiston shahridagi Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik universiteti rektori Murzamadiyeva Maynura xonim bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar akademik almashinuv istiqbollarini, har ikki universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy loyihalar va ilmiy dasturlarni tashkil etish, seminarlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston, shuningdek, boshqa mamlakatlardan manfaatdor investorlarni jalb etgan holda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Bundan tashqari, ikki kunlik ekskursiya dasturidan Turkistonning Karvonsaroy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy majmuasi, “Uli Dala Eli” muzeyi, uchar kinoteatr, Sauran qadimiy manzilgohi, Ukasha ota maqbarasi, Majratut, Kentau shahri va Jastar istirohat bogʻi kabi diqqatga sazovor joylari bilan tanishuv sayohati o‘rin olgan.

Tashkil etilgan infotur O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Turkiston o‘lkasining turistik salohiyati, uning noyob tabiiy boyliklari, sanatoriy-kurort maskanlari, mintaqaning diqqatga sazovor madaniy obyektlari, jumladan, turli oshxona va mehmondo‘stlik an’analari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Tashkilotchilar oʻtkazilgan infotur o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasiga sayyohlarni jalb etishga qo‘shimcha turtki berishiga ishonch bildirmoqda.

O'qilgan 2927 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1208{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar