×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 23 Iyun 2022 16:17

Dual ta’lim amalda. Toshkent viloyati hududida malakaviy amaliyot tashkil etildi

Dual ta’lim amalda. Toshkent viloyati hududida malakaviy amaliyot tashkil etildi PR & Press Department © All Rights Reserved

Respublika miqyosida ichki turizmni jadal rivojlantirish, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarini mamlakatimizdagi madaniy va turistik obyektlar, shuningdek turizm sektoriga bevosita bogʻliq boʻlgan davlat tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularda turizm sohasi mutaxassisi koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida, universitet tomonidan 2022-yilning 17-18-iyun kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida malakaviy amaliyot tashkil etildi.

Amaliyotning birinchi bosqichida Toshkent shahridagi mehmonxona va restoranlar faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish belgilangan boʻlib, talabalar “Grand Mir” mehmonxonasi, “Basri baba” nomi ostidagi turk restoranlari tarmogʻining bosh markazi servis xizmatlari bilan tanishishdi. Amaliyotchilar ushbu obyektlarda mehmonxona va restoranlarning yangicha ish uslubi, ulardagi boʻlimlar faoliyati va har bir xodimning lavozim vazifalari toʻgʻrisidagi turizm mutaxassisligining muhim ma’lumotlariga ega boʻlishdi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari malakaviy amaliyot doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mas’ul xodimlar tomonidan talabalarga vazirlik ish faoliyati, boʻlimlar va ularning funksional vazifalari, turizm sohasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Amaliyotchi talabalar ikki kunlik safar davomida Toshkent shahridagi me’moriy yodgorlik – Hazrati Imom majmuasi va majmuada saqlanayotgan Usmon Mus’hafi tarixi bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, amaliyotning ikkinchi kunida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi turistik obyektlar – “Amirsoy” togʻ kurorti, “Chimyon” turistik bazasi, “Bildirsoy” togʻ-changʻi kurorti va Chorvoq suv ombori faoliyatini kuzatishdi, obyektlarda tashkil etilgan servis xizmatlari va mavjud infratuzilmalari bilan “on-site reaserch” – “joyida oʻrganish, tadqiq etish” usulida oʻrganildi.

O'qilgan 3197 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1211{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar