O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxona fondi nodir kitoblar bilan to‘ldirildi.
Ta’kidlash joizki, universitet kutubxonasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimov hamda Turizm va madaniy meros vazirligi vakillarining sa’y-harakatlari bilan har hafta noyob kitoblar yetkazib berilmoqda.
Bu kitoblar tarix, madaniyat va turizm hamda muzeyshunoslik, arxitektura va san’atga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarimizga katta foyda keltirishi shubhasiz.
E’tiborlisi, ayni paytda kutubxona fondida 20 mingdan ortiq kitob, shuningdek, 10 mingga yaqin elektron kitoblar mavjud.