Universitetda joriy yilning 27-iyun kuni Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 2021-2022 oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston ayollari doimo e’tiborda” mavzusidagi yigʻilish tashkil etildi.
Muhayyo Abbasova tomonidan olib borilgan ushbu tadbirda respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan tadbirlar, gender tengligi mezonlariga koʻra jadal sur’atlar bilan boʻlayotgan islohotlar haqida, xotin-qizlarning intellektual, ruhiy, jismoniy barkamolligi yoʻlida OTMlarda tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi.
Xususan, universitetda bu borada amalaga oshirilgan ishlar va ularning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilindi. Universitetning ilmiy salohiyatli, oʻquv-pedagogik faoliyatda yuqori tajribaga ega, talabalarning ijodiy-intellektual rivoji uchun salmoqli hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilarining mehnati e’tirof etildi, ularga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar taqdim etildi.
Shuningdek, yuqori natijalarni koʻrsatgan faol talaba-qizlarga alohida urgʻu berildi. Qizlarning ilmli boʻlishi farovon kelajak qurishda, davlatimizning mustahkam poydevorini yaratishda nihoyatda muhimligi ta’kidlandi.