Yakshanba, 03 Iyul 2022 14:38

Universitetda “Sky Chess” maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir yakunlandi

Universitetda “Sky Chess” maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir yakunlandi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 2-3-iyul kunlari “Sky Chess” shaxmat maktabi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida tezkor (rapid) shaxmat bo‘yicha turnir boʻlib oʻtdi. Musobaqalar “Ipak yo‘li” universitetida o‘tkazildi.

Turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 10 000 000 soʻmni tashkil etdi. Turnirda “Sky Chess” maktabining Toshkent, Qarshi va Samarqand shaharlaridagi filiallari tarbiyalanuvchilari o‘zaro kuch sinashdi.

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish – musobaqaning maqsadlaridan biri bo‘lib, yosh shaxmatchilar ko‘hna Samarqand bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi.

3-iyul kuni turnirning tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosarlari – N. Zikrillayev va A. Eshtayevlar tantanali so‘zga chiqib, shaxmat musobaqalari navqiron avlod har tomonlama rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Bundan tashqari, turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha vazirining o‘rinbosari Alisher Eshtayev ta’kidlaganidek, ishtirok etgan yosh shaxmatchilar universitetga alohida qiziqish bildirmoqda va kelajakda, maktablarini bitirib, oʻqishlarini “Ipak yo‘li” universitetida davom ettirmoqchilar.

Hakamlar hay’ati g‘oliblarni pulli mukofot va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. G‘oliblar ikki guruhga bo‘lingan. “A” guruhi g‘oliblari:

1-toifa:

1-o‘rin – Suyarov Muhammadzohid;

2-o‘rin – Obidov Biloliddin;

3-o‘rin – Obidjonov Ormet;

4-o‘rin – Attaev Aziz;

5-o‘rin – Rahmatullaev Muhammadsolih.

2-toifa:

1-o‘rin – Ahmedova Shahina;

2-o‘rin – Mansurova Mumtozbegim.

3-toifa:

1-o‘rin – Normurodov Ilhom.

Чрезвычайный и Полномочный посол Королевства Испании в Республике Узбекистан Маркос Г. Мартинес в университете «Шелковый путь»

«А» guruhi g‘oliblari

“B” guruhi g‘oliblari:

1-toifa:

1-o‘rin – Sattorov Aziz;

2-o‘rin – O‘ktamov Jaxongir;

3-o‘rin – Hakimi Anvar;

4-o‘rin – Xusnutdinova Xusnora;

5-o‘rin – Ro‘ziqulov Shoxruzbek.

2-toifa:

1-o‘rin – Sobirova Mumtozbegim;

2-o‘rin – Aziza Xusnutdinova.

3-toifa:

1-o‘rin – Sobirov Feruzbek.

Чрезвычайный и Полномочный посол Королевства Испании в Республике Узбекистан Маркос Г. Мартинес в университете «Шелковый путь»

«B» guruhi g‘oliblari

Tashkiliy qo‘mita tomonidan ta’kidlanganidek, turnir doimiy tus oladi va unga respublikaning barcha hududlaridan yosh shaxmatchilarni keng jalb etish rejalashtirilgan.

O'qilgan 3576 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar