Seshanba, 26 Iyul 2022 15:21

Kelajak yoshlarniki!

2021-2022-o‘quv yilida universitetimizning o‘quv ishlarini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, ayni vaqtda muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishidagi magistratura dasturi koordinatori va magistratura bo‘limi yetakchi mutaxassisi  sifatida faoliyat yuritgan, o‘zining ishchanligi va samimiyati tufayli jamoa orasida obro‘-e’tibor qozongan Nilufar Xasanova Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Montana Universitetining arxeologiya va madaniy meros yo‘nalishi bo‘yicha to‘la hajmli ta’lim grantini  (Full Scholarship) va o‘qituvchi yordamchisi (teaching-assistantship) sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini qo‘lga kiritgani munosabati bilan uning “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi faoliyati bugun poyoniga yetdi. Universitetning Birinchi Prorektori prof. J.D.Eltazarov shu munosabat bilan unga mehnat sertifikatini (Certificate of Employment) topshirdi.

Yaqin kunlarda kasbdoshimiz AQSHga jo‘nab ketadi.  Hayotining yangi va mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘yayotgan Nilufar Xasanovaga universitetimiz ma’muriyati hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi nomidan muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz. Uning yaqin kelajakda turizm bo‘yicha ilmiy darajali mutaxassis sifatida universitetimizga qaytishiga ishonamiz.

O'qilgan 2603 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar