Chorshanba, 03 Avgust 2022 15:56

Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan kutubxonaga kitoblar sovg‘a etildi

Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kitob fondini boyitish, hamda yosh avlodning bilimli bo‘lishiga hissa qo‘shish maqsadida Universitet kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.

Raximova Nilufar Aminovnaning “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” nomli uslubiy qo‘llanmasi iqtisodiyot faniga qiziqadigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro tashkilotlar va jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq munosabatlar mavzulari yoritib berilgan.

Shu bilan birga, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros universitetida 21-22 aprel oyida tashkil etilgan  “UCHINCHI RENESSANSNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning to‘plami taqdim etildi. Ushbu to‘plamdagi turizmga oid ilmiy maqolalardan har bir kitobxon foydalanishi mumkin.  

O'qilgan 2000 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar